Koʻz kosasi
Qiyofa
Koʻz kosasi yoki orbita — kallaning yuz qismidagi bir juft chuqurcha. Unda koʻz soqqasi joylashgan. Koʻz kosasining orqa boʻlagidagi teshiklar orqali kalla boʻshligʻidan koʻzga qon va limfa tomirlari hamda nervlar oʻtadi. Koʻz kosasining chuqurligi 5 sm gacha. Koʻz kosasida ichki, tashqi, ustki va pastki devor bor. Koʻz kosasining ustki-tashqi burchagidagi chuqurchada koʻz yoshi bezi joylashgan; kosaning ichki devorida esa koʻz yoshi xaltachasi uchun tokcha bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Tibbiyotga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |