Koʻraresimon moddalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻraresimon moddalar, miorelaksantlar — harakatlantiruvchi nervlardan skelet muskullariga qoʻzgʻalish oʻtishini toʻxtatib qoʻyadigan moddalar (qarang Koʻrare). Qisqa (5—10 min.), oʻrtacha (20—40 min.) va uzoq muddat (bir necha soat) taʼsir etuvchi Koʻraresimon moddalar farq qilinadi. Preparatlari jarrohlikda, hususan, shikastlanish va mayiblikda ingalyasion varkoz moddalar bilan birga muskullarni boʻshashtirish maqsadida ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil