Koʻprik kran
Koʻprik kran — tayanch yoki osma koʻprik koʻrinishida quriladigan koʻtarish krani. Bunda binoning ikki yonidagi baland tayanchlar yoki alohida tayanchlardagi relsda harakatlanuvchi gorizontal balka-koʻprik oʻrnatiladi. Koʻprik ustidagi relsda esa kran harakatlanadi. Koʻprik kranlar, odatda, 500 t gacha yuk koʻtaradi. 3-d va fabrikalarda, qurilishda, temir yoʻlda, metro qurilishida ishlatiladi. Masalan, hozir Toshkentdagi metro st-yalarini qurishda Koʻprik krandan foydalanilmokda.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |