Koʻpaysin Usmonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Koʻpaysin Usmonova (1952.2.11, Zangiota tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Toshkent Davlat Universitetini tugatgan (1974). 1970 yildan Toshkent tumanidagi 84, 1972—2003 yillarda Asaka tumanidagi 7maktabda oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi. Maktabda namunali ona tili va adabiyot xonasini jihozlab, uni turli koʻrgazmali qurol va texnik vositalar bilan boyitgan.