Koʻktinva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻktinva — oʻrtapishar qovun navi. Shakli tuxumsimon, oʻz, 32—40 sm, ogʻirligi 2,5–5 kg ga boradi. Sirtida tekis yirik toʻrlari bor. Rangi och yashil, Poʻsti qattiq, eti oq, qalinligi 4—5 sm, karsillaydi. Tarkibida 8—11,1% qand, shu jumladan, 4,2— 6,9% saharoza, 10,5—12,5% quruq modda bor. Urugʻxonasi oʻrtacha, urugʻi yirik. Urugʻdan unib chiqqanidan keyin hosili 80—85 kunda pishadi. 220—260 s/ga hosil beradi. Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Buxoro, Andijon va Fargʻona viloyatlarida ekiladi. Fargʻona viloyatida koʻz va qishga saqlash uchun yarokli boʻlgan, mevasi yirik, kechpishar xili ham uchraydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil