Koʻkcha (qovun navi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Koʻkcha — oʻrtapishar qovun navi. Shakli tuxumsimon, dum va uch tomonlari ingichkaroq, yirik, oʻz. 33—40 sm, ogʻirligi 4—6 kg . Sirti tekis, yoppasiga tur bilan qoplangan, toʻrlari mayda, gulsiz. Tusy yashil, toʻri qalin boʻlganidan kulrangga oʻxshash. Poʻsti qattiq, etining kdlinligi 4—4,5 sm, oq, poʻstiga yaqin joyi yashil. Sershipa, shirin, karsillaydi. Tarkibida 7,5—14,8% qand, shu jumladan, 5—10% saharoza, 5—15% quruqmodda bor. Urugʻxonasi oʻrtacha. Urugʻdan unib chiqqanidan keyin hosili 88—90 kunda pishadi. 250—320 s/ga hosil beradi. Fargʻona vodiysida koʻp ekiladi. Andijon, Fargʻona, Toshkent va Buxoro viloyatlari uchun r-nlashtirilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil