Koʻk somsa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Koʻk somsa — hamirli taom turi. Oshirma yoki oddiy hamirdan tayyorlanadi. Oshirilgan hamirdan yongʻoqday zuvalalar oʻziladi va joʻva bilan qalinligi 1 mm qilib jildlar yoyiladi. Yangi unib chiqqan otquloq, yalpiz, yoʻngʻichqa, jagʻ-jagʻ, ismaloq, shoʻra, togʻ piyozi (mator) kabi koʻkatlarning bargpoyasi koʻk piyoz yoki bosh piyoz bilan birga chopiladi. Qiymaga tuz, qalampir (murch), jizza (mayda toʻgʻralgan qoʻy yogʻi yoki dogʻlangan paxta yogʻi) qoʻshiladi. Jildga bir qoshiqdan qiyma solib tugiladi va tandirda (yoki duxovkada) pishiriladi. Koʻk somsa uchun ozroq yogʻ yoki eritilgan margarin, suvga tuz qoʻshib yumshoq qilib hamir qoriladi. 10—15 min. tindirilgach, zuvalachalar norin hamiridek yupqa qilib yoyiladi. Oʻrtasiga qiyma solib tugiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil