Koʻk jiguli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Koʻk jiguli“
Ozoda Nursaidova qoʻshigʻi
Yozilgan sanasi 2024-yil 21-fevral
Davomiyligi 4:57
Matn muallif(lar)i Ozoda Nursaidova

Koʻk jiguli“ — qoʻshiqchi Ozoda Nursaidova tomonidan kuylangan qoʻshiq. Qoʻshiq klipi 2024-yil mart oyi hisobiga koʻra, YouTubeda eng koʻp koʻrilayotgan musiqiy videolar orasida birinchi oʻrinni egallab turibdi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 21-fevral kuni xonanda Ozoda Nursaidovaga tegishli YouTubedagi „Ozoda“ kanaliga yuklangan klip, 2 hafta davomida 47,5 milliondan ortiq tomosha qilingan[1]. Shuningdek, qo‘shiq Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hamda Rossiya trendida, Luxembourg chartida esa 1-o‘ringa chiqqan[2].

Klip 2024-yil 28-mart holatiga koʻra, 138 milliondan ortiq tomosha qilinib, unga 90 mingdan ortiq izoh yozilgan. Shu bilan birga, qoʻshiq YouTube olamida tinglanishi boʻyicha qisqa muddatga 1 oʻrinni egallab turgan musiqiy klipga ham aylandi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ozoda Nursaidovaning "Koʻk jiguli" klipi You Tube'da eng koʻp koʻrilgan musiqiy videolar orasida ikkinchi boʻldi — Toshkent Afishasi“ (uz-Latn). www.afisha.uz (2024-yil 11-mart). Qaraldi: 2024-yil 15-mart.
  2. „Ozoda Nursaidovaning “Ko‘k jiguli”si dunyo reytingida 2-o‘ringa chiqdi“ (uz). Qalampir.uz. Qaraldi: 2024-yil 29-mart.
  3. Ozoda - Ko'k jiguli (Official Music Video 2024) (inglizcha), qaraldi: 2024-03-15