Koʻhistonilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Koʻhistonilar - Pokistonning shim.da, Hindiston (Gilgit va Svat daryolari oraligʻi)da yashovchi kichik qardosh qabilalar guruhining umumiy nomi. 1947 yildan K. turgan xududning koʻp qismi Pokiston va bir qismi Hindiston tarkibida. Afgʻonistonda ham yashaydi (5 ming kishi). K.ning umumiy soni taxminan 100 ming kishi (1988). K. tili — hind tillarining dard guruhiga mansub. Asosiy mashgʻuloti — chorvachilik. K.da urugʻdoshlik anʼanalari saqlangan. Dindorlari — sunniy musulmonlar.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil