Koʻchki

Koʻchki —
1) togʻlarda yon bagʻirning yuqori qismida yigʻilib qolgan qorning shiddat bilan pastga otilib tushishi, tarma. Togʻ yon bagʻrida koʻplab toʻplanib qolgan qor qaytadan kristallanadi va qattiq sovuqdan torayadi; oqibatda qor qatlami ichida boʻsh qatlam paydo boʻladi. Biron tovush, salgiva mexanik kuch taʼsirida yoki qor tagi eriganda K. vujudga keladi. Kuchli K.da 1,5—2 mln. m3 gacha qor koʻchib tushadi; togʻdan tushgan qorning qalinligi 60 m gacha yetishi mumkin. Kor K.lari Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Alp, Kordilyera, Himolay togʻlarida koʻp roʻy berib turadi. Baʼzan qishloqlar, aloqa yoʻllari, togʻlardagi oʻrmonlarga katta zarar yetkazadi;
2) togʻ jinslarining ogʻirlik kuchi taʼsirida yon bagʻir boʻylab pastga surilib tushishi (qarang Surilma);
3) togʻ bir qismining qulab tushishi (qarang Togʻ qulashi).[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |