Koʻchiriq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻchiriq — baxshi (parixon) tomonidan kishilarni goʻyo turli kasalliklardan xalos qilish maqsadida oʻtkaziladigan gʻayriilmiy amal. Ilgari ruhiy yoki asab kasalligi yovuz ruxlar — jin yoki parilarning kishiga yetkazgan zarari oqibati deb qaralgan. Ayrim kishilar jin yoki parilarni haydab chiqarish, tanadan koʻchirib tashlash orqaligiva bemorni davolash mumkin, deb hisoblaganlar. Ushbu marosim koʻp holdarda kasal kishining xonadonida oʻtkaziladi. Marosim oʻtkaziladigan kuni ziyon yetkazgan ruxlarga atab qurbonlik (asosan, qoʻy-qoʻzi, echki, uloq baʼzida tovuq) soʻyilgan; baxshi hayvon qonidan bir piyola olib kasalning peshovasiga, chakkasiga, koʻkragiga, qorniga, kaftiga, tovonining yuqori qismiga surtgan. K. va unga ishonish juda qad. boʻlib, "Avesto"da ham tilga olingan va dunyodagi barcha xalqlarda turli shakllarda uchraydi. Islom dini K.ni qattiq qoralaydi. K. hozir kam uchraydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil