Kontent qismiga oʻtish

Koʻchat

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ko'chatdan yoʻnaltirildi)

Koʻchatkoʻchatzorlarda, parnik va issiqxonalarda yetishtiriladigan va koʻchirib, asosiy maydonga oʻtqaziladigan nihol. K.lar oʻsimliklarning urugʻi, danagi, qalamchasini ekib va payvand qilib yetishtiriladi. Bogʻ, oʻrmon va boshqa yaratish uchun K. tayyorlashda urut, danak va novda qalamchalari (tok, anjir va boshqalar)dan, shuningdek, payvand qilish usullaridan (qarang Koʻchatzor) foydalaniladi.

Sabzavot K.lari parnikparla urugʻidan maxsus romlar ostida yetishtiriladi. Ertagi karam urugʻi dekabr—yanvarda, oʻrtagisiniki mart — aprel boshlarida, ertagi pomidor urugʻi fevral boshlarida, baqlajon, qalampir va kechki pomidor urugʻlari fevralning 2-yarmi — martning boshida parnikka, bodring urugʻi ivitilmasdan martning 2-yarmida tuvakchalarga ekiladi. 1 gektarga yetarli K. olish uchun karam va pomidor uruglaridan 300—400 g. baqlajon urugʻidan 600 g; qalampirnikidan 800—1000 g sarflanadi. Urugʻlar unib chiqib, maysalagach, niholdar maxsus joyga 5x5 sm (karam), 6 x 6 (pomidor), 4x5 va 5x5 (qalampir), 6x6 (baqlajon) sm sxemada qayta koʻchatlab chiqiladi.

Karam, qalampir va baqlajon K.lari 4—5, pomidor K.lari esa kamida 6—7 barg chiqarganda ildizlariga yopishib turgan loy — nam tuprogʻi bilan koʻchirib olinib, ob-havo sharoitiga qarab, ochiq maydonlarga (dalaga) yoki hosil yetishtiriladigan himoyali joyga ekiladi va darhol sutoriladi.

K. yetishtirib oʻstirish usulida urugʻlik sarfi bevosita dalaga ekishga nisbatan 3—5-marta kamayadi, parvarish ishlari yengillashadi, hosili 30—40 kun oldin yetilib pishadi.

Botir Azimov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil