Klyasterosporioz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Klyasterosporioz, tyoshikchali dogʻlar — danakli meva daraxtlarida Clasterosporium carpophilun zamburugʻlari qoʻzgʻatadigan kasallik. Daraxtlarning bargi, kurtagi, guli, boʻgʻimlari, mevakurtak va kurtak shoxlari zararlanadi. Barglarda dumaloq och-qoʻngʻir dogʻlar paydo boʻlib, 1—2 haftadan soʻng teshikchalar paydo boʻladi. Novda va kurtaklarda kichkina mayda tiniq toʻq sariq, qizgʻish dogʻlar paydo boʻlib, yoriladi, ulardan tiniq yelimsimon modda ajralib chiqadi. Zararlangan novda va kurtaklar qurib qoladi. Mevalarda ham dastlab mayda qizgʻish dogʻlar, soʻngra zararlangan joylarda yoriqlar, meva poʻstida qora qoʻtirsimon dogʻlar yuzaga keladi. Bu kasallik koʻpincha oʻrik, shaftoli, olcha va gilosga katta zarar yetkazadi. Zamburugʻ, asosan, zararlangan oʻsimlik qoldiqlarida mitseliy yoki konidiya shaklida qishlaydi. Bahorda yogʻingarchilik koʻp boʻlganda kasallik avjlanadi.

Kurash choralari: asosan, koʻzda zararlangan novda va shoxlar kesib, yoqib yuboriladi. Kech koʻzda yoki kurtaklar boʻrtishiga qadar mis kuporosi (3— 4%) yoki nitrafen (3%) purkaladi; kurtaklar boʻrtishiga qadar, daraxt guldan tushishi bilan va undan keyin 15— 20 kun oʻtkazib bordo suyuqligi, mis xlor oksidi, koʻprozan, sineb, kaptan, ftalan kabi foʻngitsidlar eritmasi purkaladi.

Maqsuda Eshonquloyea.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil