Klostridiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Klostridiylar (Clostridium) - spora hosil qiluvchi bakteriyalar turkumi. Tayoqchasimon, 0,6—1,2x3,0—7,0 mkm, harakatchan, grammusbat. Spora hosil qilish davrida hujayrasi oʻrtasidan shishib, duksimon shaklga kiradi. Anaerob sharoitda uglevodlar, azotli moddalarni bijgʻitadi. Mezofil va termofil organizmlar. 50 dan ortiq turi tuprokda, balchiqda va oziq-ovqat mahsulotlarida uchraydi. Bir qancha turlari kasallik tugʻdiradi. S. botulinum — botulizm, S. perfringens va S. histolyticum — gazli gangrena paydo qiladi. Ayrim K. atmosfera azotini bogʻlaydi. Saharolitik K. (S. acetobotylicum) dan sanoatda atseton va butanol olishda foydalaniladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil