Kontent qismiga oʻtish

Klodeta Gjini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Klodeta Gijni (Tirana, 1964-yil 20-avgust) — sobiq albaniyalik balandlikka sakrash boʻyicha shugʻullangan sportchi. U hozirgi milliy rekordchi (1,92 m) isoblanadi. U 1983-yil 7—14-avgust kunlari Xelsinkida (Finlyandiya) boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha birinchi jahon chempionatida[1] Albaniya terma jamoasining yagona ayol aʼzosi sifatida ishtirok etgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klodeta oʻz sport faoliyatini „20 Vjetori i chlirimit“ maktabida maxsus sport mashgʻulotlarida boshlagan va oradan koʻp vaqt oʻtmay balandlikka sakrash uning yengil atletikadagi kelajagi ekanligini anglab yetgan. Shu tufayli u sport faoliyati davomida qatorasiga oʻn yil davomida mamlakat chempioni boʻlgan (1980-yildan 1990-yilgacha). Gjini milliy rekordlarda ham muvaffaqiyatga erishgan, 1989-yil 21-avgustda Tiranada u 1.92 metr natija koʻrsatgan va bu koʻrsatkich bugungi kunga qadar Albaniya rekordi hisoblanadi. Sport musobaqalari davomida u beshkurash va pentahtlonda ham yaxshi natijalarga erishgan. Albaniya yengil atletika jamoasi aʼzosi, 1980—1991-yillarda xalqaro musobaqalarda bir necha bor shohsupaga koʻtarilgan, Finlyandiyaning Xelsinki shahrida 1983-yil 7—14-avgust kunlari boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha birinchi jahon chempionatida Albaniya sharafini himoya qilgan yagona ayol sportchi boʻlgan. 1973-yildan 1992-yilgacha u Tirana shahrining vakillik jamoasi „17 Nëntori“ sport klubi aʼzosi boʻlgan va 1992—1993-yilgi mavsumda Italiyaga oʻtganidan keyin Assi Banca Toscana jamoasi aʼzosi sifatida musobaqalarda ishtirok etgan[2].

Klodeta Gijni Tirana universitetini biznes iqtisodiyoti boʻyicha tamomlagan (1982—1986) va 1988—1992-yillarda ISEF diplomiga sazovor boʻlgan. Keyinchalik Klodeta 2006-yilda Boloniya universitetida jismoniy tarbiya va sport fanlari boʻyicha qisqa muddatli kursdan soʻng diplomga ega boʻlgan va Italiyaga koʻchib oʻtgan. 2008-yilda moslashtirilgan profilaktik gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan kursni tamomlagan. 2017-yilda u Boloniya universitetida marketing menejmenti boʻyicha yana bir daraja olgan. Hozirda u Boloniya oʻrta maktabining Jismoniy tarbiya va sport fanlari professori boʻlib, Felsinean „Acquadela“ jamoasining tajribali murabbiyi sifatida yengil atletika bilan shugʻullanib kelmoqda. U Albaniya Respublikasining „Grossmeysteri“ va „Faxriy sport ustasi“ hamda Permet munitsipalitetining faxriy fuqarosi hisoblanadi[3]. Gijini shuningdek, sport, salomatlik va marketing mavzularini muhokama qiladigan blog yuritadi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]