Kontent qismiga oʻtish

Klivlend moliya guruhi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Klivlend moliya guruhi -AQShdagi yirik kapital ittifoklaridan biri. 20-asr oxirlarida guruhning umumiy aktivi 25 mlrd. dollardan ortiq. Bosh idorasi — Klivlend shahrida (Ogayo shtati). Klivlend moliya guruhig. qora metallurgiya, togʻ-kon sanoati, temir yoʻl transporti asosida shaqllanib, AQShning Detroyt shahridagi avtomobil markazi buyurtmalari bilan chambarchas bogʻlangan. Guruh 19-asr oxirida 3 oilaviy guruh — Iton, Materov va Xanna guruhlari ittifoqi sifatida shaqllanadi. Endilikda Klivlend moliya guruhig. uchta yirik monopolistik guruh: Iton, XemfriXanna va Klivlend va Oʻrta Gʻarbdagi korporatsiyalarning birlashmasidan iborat. Klivlend moliya guruhig.ning xorijda, ayniqsa, Kanadada yirik kapital mablagʻlari bor. Hozirgi davrda Klivlend moliya guruhig. AQShning 38 ta shtatida faoliyat yuritib, xizmat soxasi, ayniqsa, sugʻurta ishida faol qatnashadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil