Klense Leo fon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

KLENSE (Klenze) Leo fon (1784.29.2, Shladen, hozirgi Quyi Saksoniya, Germaniya — 1864.27.1, Myunxen) — nemis meʼmori. Soʻnggi klassitsizm namoyandasi. Germaniya, Fransiya, Italiyada uqigan. Jerom Bonapart (Kasselda, 1808—13) va Bovariya qiroli Lyudvig I (Myunxenda, 1815 yildan) saroylarida meʼmorlik qilgan. K.ning Myunxen (1816 yildan) va Afina (1839—51)dagi shaharsozlik ishlari tantanavorligi, mustahkamligi hamda klassik uslubi bilan ajralib turadi. Oʻzining haybatli va hashamatli qurilishlarida (Myunxendagi Gliptoteka, 1816—30 va Eski pinakoteka, 1826—36; Sankt-Peterburgdagi Yangi ermitaj, 1839—52) kad. yunon meʼmorligidan keng foydalangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil