Klapan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Klapan (nem. Klappe - toʻsiq) — mashina va mexanizmlarda havo, suv, bugʻ, gaz oqimlarini boshqarishga imkon beruvchi detal (qurilma). Vazifasiga koʻra, K. drosselli, reduksion, rostlash, teskari, saqlagich, avariyaning oldini oluvchi, berkitish va boshqa; toʻzilishi boʻyicha ventilli, zolotnikli, joʻmrakli va boshqalarga boʻlinadi. K. elektrik, pnevmatik, gidravlik yuritmalar bilan, shuningdek, dastaki usulda harakatga keltiriladi. Truboprovodlarda qoʻl bilan ochilib-yopiladigan, nasos va kompressorlarda 2 tomondagi bosimlar farqi hisobiga avtomatik tarzda ochilib-yopiladigan K.lar qoʻllaniladi. Ichki yonuv dvigatellari va bugʻ mashinalaritsa alohida mexanizm vositasida boshqarib turiladigan; rezervuardagi havo bosimini bir meʼyorda toʻtib turish va ehtiyot qilish uchun ishlatiladigan K.lar bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil