Klan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Klan (gelcha clann — nayel, urugʻ, avlod) — 1) kelt xalqlarida urugʻ, baʼzan qabila nomi. Keyinchalik, urugʻchilik munosabatlari yemirilishi davrida — taxmin etilgan urugʻ boshligʻi ismi bilan atalgan qad. urugʻ avlodlari boʻlgan qonqarindoshlarning yirik guruhlari. Bunda shotlandlar va irlandlarda umumiy ismga "oʻgʻil", "oʻgʻli" maʼnosini anglatuvchi "Mak" qoʻshimchasi qoʻshila boshlangan (mas., Mak Kartli, Makdonald); irlandlarda buni boshqa bir shakli ham boʻlib, ism oldiga "O" ("nabira") qoʻshimchasi qoʻshilgan (mas, O’Konnor). K. urugʻchilik tuzumiga xos boʻlgan yerning umumiy mulkligi va boshqa udumlar (xun olish, umumiy kafillikka olish va boshqalar) ni saqlab qolgan. Shotlandiya va Uels ning ayrim rayonlarida K. 19-asrgacha saqlangan. Hozirgi (asosan, chet el) adabiyotlarda K. — "urugʻ" istilohiga mos keladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil