Kladofora

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kladofora (Cladophora) — koʻp hujayrali yashil suvoʻtlar turkumi. 300 turi bor. Dengiz va chuchuk suv havzalarida oʻsadi. Oʻzbekiston suv havzalarida koʻpincha ipsimon sershox turi uchraydi. Yoshligida substratga yopishgan holda, keyinchalik substratdan ajralib oʻsadi. Jinssiz va jinsiy koʻpayadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil