Kito metropoliteni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kito metropoliteni
Maʼlumot
Davlat Ekvador bayrogʻi Ekvador
Shahar Kito
Ochilgan vaqti endi ochiladi
Boshqaruvchi shirkat -
Davlat Ekvador bayrogʻi Ekvador
Uzunligi 22 km
Stantsiyalari soni 16
Yoʻllari soni 1
Kunlik yoʻlovchilar soni -
Yillik yoʻlovchilar soni -
Boshligʻi {{{Boshligʻi}}}
Sxemasi

Kito metropoliteni (ispancha: Metro de Quito — Ekvador poytaxti Quito shahrida qurilayotgan metro tizimi.

Hikoya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kito janubdan shimolga juda choʻzilgan. Shahar uzunligi 45 kilometr, kengligi esa 3-5 kilometrni tashkil etadi. Kito metropoliteni shahar yoʻllaridagi ertalabki va kechki tirbandlik hamda yuqori tezlikdagi transportga boʻlgan ehtiyoj sababli qurilmoqda. Metropolitenni qurish haqida gap-soʻzlar 1978-yildan beri davom etmoqda[1], ammo qurilish 2012-yil dekabr oyida boshlangan.

Qurilish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Metropolitenning 16 ta bekatdan iborat boʻlgan 1-yoʻnalishi qurilishi 2012-yil dekabr oyida boshlangan.

Yoʻnalishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1-yoʻnalish:16 bekat. 22 km.
  • 1-yoʻnalish:Rejalashtirilmoqda
  • 1-yoʻnalish:Rejalashtirilmoqda

Ishga tushurilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Metropoliten 2016-yilning birinchi yarmida ishga tushirilishi rejalashtirilgan edi, keyin 2020-yil mart oyiga qoldirilagan, ammo mablag‘ yo‘qligi sababli rasmiy ochilish marosimi 2022-yilning fevralida rejalashtirildi [2][3]. Ushbu muddatda ham metropoliten ishga tushirilmadi va keyingi eʼlon qilingan ochilish sanasi — 2022-yil iyun deb belgilandi[4]. Ammo 5-avgust kuni tizimni boshqaradigan kompaniya oʻz mas’uliyatidan voz kechgani maʼlum boʻldi. Hozir rasmiylar yangi operator qidirmoqda.

Bekatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

bekatlar ketma-ketligi janubdan shimolga qarab berilgan.

  • Kitumbe (Quitumbe)
  • Moran Valverde
  • Solanda
  • El Kalzado
  • El Recreo
  • La Magdalena
  • San- Fransisko
  • Plaza del Teatro
  • La Alameda
  • El Ejido
  • Universidad Central
  • Pradera (Pradera)
  • La Karolina
  • Inaquito
  • La Gipijapa (La Jipijapa)
  • El Labrador

Metropoliten xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bekatlarlar bir-biridan taxminan 1,3 km masofa uzoqlikda boʻlib, 15-26 m chuqurlikda joylashgan. Olti vagonli poyezdlar qatnashi rejalashtirilgan.Ishga tushirilgach u ekvatorga eng yaqin metroga aylanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „8 obras fundamentales de Álvaro Pérez“. 2022-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-fevral.
  2. „El Metro entrará a operar entre marzo y abril del 2020“ (24 мая 2019). 2019-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16 июня 2019.
  3. „La tarifa es el talón de Aquiles del Metro de Quito | El Comercio“. 2019-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-mart.
  4. „Operación del Metro de Quito ahora se prevé para junio del 2022“. 2021-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-fevral.