Kislotali boʻyoqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kislotali boʻyoqlar, kislotali boʻyagichlar— molekulasida kislota guruhi (HSO3, baʼzan SOON) boʻladigan, suvda yaxshi eriydigan organik boʻyoq moddalar. Antraxinon boʻyagichlar, azoboʻyagichlar asosiy Kislotali boʻyoqlar jumlasidandir. Jun, tabiiy ipak, poliamid tolalar hamda teri, qundoʻz, qogʻoz va boshqa materiallarni boʻyashda koʻplab ishlatiladi (yana q. Boʻyagichlar).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil