Kislotabardosh materiallar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kislotabardosh materiallar— kislotaga chidamli materiallar. Metall va metallmas (anorganik va organik) xillarga boʻlinadi. Metall Kislotabardosh materiallarga temir asosidagi qotishmalar (yuqori legirlangan va uglerodli poʻlatlar, choʻyanlar), rangli va nodir metallar (mas, nikel, mis, alyuminiy, titan, sirkoniy, oltin, platina) va ularning qotishmalari kiradi. Metallmas (anorganik) Kislotabardosh materiallar, odatda, silikat kislotalar toʻzlaridan iborat boʻladi. Bunday materiallarga tosh holatda quyilgan materiallar, silikat va kvars shishalar, kislotabardosh beton va sementlar, kislotaga chidamli keramik materiallar, emallar va togʻ jinslari — asbest, granit, beshtaunit, andezit va boshqa kiradi. Organik Kislotabardosh materiallar — polietilen, polivinilxlorid, polipropilen, ftoroplastlar, sintetik kauchuk asosidagi rezinaning baʼzi turlari va boshqa eng keng tarqalgan. Kislotabardosh materiallar kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoatlarida, mashinasozlik hamda elektrotexnikada qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil