Kontent qismiga oʻtish

Kirpech

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kirpech —- badiiy bezak buyumi; uyning toʻriga 2 taxmon oʻrtasiga (tokchadagi taxlab qoʻyilgan kiyim-kechak, kirlarni toʻsish uchun) tutiladi. Choyshab, dorpech bilan birgalikda bir butun ansambl hosil qiladi. Satin, shoyi, baxmal kabi matolarga qoʻlda yoki popop mashinada kashta tikib tayyorlanadi. Hoshiyali bezak mujassamoti, asosan, islimiy naqshlardan iborat boʻlib, baʼzan tasvir va yozuvlar ham kiritiladi. K. kelinchaklarning sepiga kiritilgan. Oʻzbekiston va xorijdagi eng yirik amaliy sanʼat muzeylarida, xususiy toʻplamlarda kashtadoʻzlikning noyob turi sifatida qadrlanadi. Qad. Namunalaridan idoralar bezagida, zamonaviy interyer dizaynida keng qoʻllanilmoqda.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil