Kirenaika (Liviya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kirenaika — Liviyadagi tarixiy viloyat. Miloddan avvalgi 7-asrda bu yerda bir necha yunon shaharlari (eng yirigi — Kirena)ga asos solingan. K. miloddan avvalgi 6-asr dan milodiy 7-asrgacha Sharqning qad. davlatlari, Rim, Vizantiya tarkibida, 7-asrdan arablar, 16-asrdan — 1911-yilgacha Usmonli turk imperiyasi qoʻl ostida; 19-asr oʻrtasi — 20-asr boshida sanusiyya diniy harakati (1837-yil tashkil etilgan) ning asosiy markazita aylangan. 1912-yildan Italiya mustamlakasi — Liviya tarkibida. 1942-yil ingliz qoʻshinlari tomonidan bosib olingan; ingliz harbiy bazasi bu yerda 1969-yilgacha saqlangan. Liviya qirolligi (1951—69)dagi 3 viloyatdan biri boʻlgan K., 1963-yil mamlakatda yangicha maʼmuriyhududiy boʻlinish joriy etilgach, bekor qilingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil