Kinoya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kinoya — uslubiy vosita; maʼqullagandek yoki rizo bergandek boʻlib, rad etish, istehzoli kulish. K.da soʻz yoki ifoda nutkda asl maʼnosiga teskari, hatto uni rad etuvchi mazmun kasb etadi. K. uslubiy vosita sifatida majoziy soʻzlar orqali piching va istehzoni ifodalaydi. Komiklikning bir turi boʻlgan K.da kulgililik jiddiylik niqobi ostiga yashirinib, oʻzida soʻzlovchidagi ustunlik yoxud gumonsirash tuygʻusini aks ettiradi. K. xalq ogʻzaki ijodida ham, yozma adabiyot namunalarida xdm keng qoʻllanadi. Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr", Gulxaniyning "Zarboʻlmasal", Abdulla Qahhorning "Mayiz yemagan xotin" va boshqa asarlarda K. jonli va konkret badiiylik yaratishga xizmat qilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil