Kinorinxlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kinorinxlar (Kinorhyncha) -birlamchi tana boʻshliqli chuvalchanglar sinfi. Oʻz. 0,1 — 1mm. Tanasi yassi, kalin kutikula bilan qoplangan. 13 ta segment (bosh, boʻyin va 11 ta boʻgʻim)ga boʻlingan. Tanasida pixlar va ilmoqlar boʻladi. Tanasining old qismi buralib chiqadigan hartumni hosil qiladi. Koʻndalang-targʻil muskullari dasta boʻlib joylashgan, ichagi naysimon. Nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv stvolidan iborat. Sezgi organlari hartumidagi qillar va 1—2 juft pigment koʻzchalardan tashkil topgan. Ayirish sistemasi — 1 juft protonefridiydir. Ayrim jinsli. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Bir hujayrali suv oʻtlari va mikroorganizmlar bilan oziqlanadi. Hartumini oldinga otib, soʻngra tanasini tortib olib harakatlanadi. 2 turkumi, 100 ga yaqin turi maʼlum, koʻpchilik dengizlar tubida uchraydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil