Kinojurnal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kinojurnal (kino... va jurnal) — kundalik turmush va xalqaro ijtimoiy-siyosiy voqealarga bagʻishlab davriy chiqarib turiladigan kinofilm turi.

Oʻzbekistonda 1960-yilgacha "Oʻzbek Davlat kinojurnali", "Sovet Oʻzbekistoni", "Ordenli Oʻzbekiston" va boshqa K.lar chiqarilgan. 60—70-yillardan "Oʻzbekiston hujjatli va ilmiy-ommaviy filmlar kinostudiyasi" ularning oʻrniga kinoalmanaxlar chiqardi, hozir esa faqat hujjatli filmlar, shuningdek, "Nashtar", "Zumrasha" hajviy K.lari ishlanmoqda.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil