Kinofobiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kinofobiya (grekcha: κύων dan. kýōn „it“ va φόβος phóbos „qoʻrquv“) — itlar va umuman itlarning barcha turidan qoʻrqish. Kinofobiya "hayvonlardan fobiyalar " kichik turi ostidagi oʻziga xos fobiya sifatida tasniflanadi[1]. Texas universiteti qoshidagi Anksiyete kasalliklarini oʻrganish laboratoriyasida faoliyat yurituvchi olim Timoti O. Rentzning soʻzlariga koʻra, hayvonlardan qoʻrqish oʻziga xos fobiyalar orasida eng keng tarqalgan va davolanishga murojaat boʻlgan bemorlarning 36 foizi itlardan qoʻrqish yoki mushuklardan qoʻrqishini bayon etadilar[2]. Ofidiofobiya yoki araxnofobiya koʻproq hayvonlarga nisbatan boʻladigan fobiya turlari boʻlsa-da, itlarning koʻp tarqalganligi sababli kinofobiya ular orasida eng keng tarqalgani hisoblanadi (masalan, Hindistonda taxminan 25 million it[3] va AQShda taxminan 62 million uy itlari bor)[2]. It egalarining fobiyaga umumiy bexabarlik holatlari ham koʻp uchrab turadi. Ruhiy kasalliklar diagnostikasi va statistik qoʻllanmasi (DSM-IV-TR)ga koʻra, maʼlum bir fobiyaga ega boʻlganlarning atigi 12 % dan 30 % gacha boʻlganlargina davolanishga murojaat qilar ekanlar[4].

Yirtqich hayvonlar — oila boʻri iti

Diagnostika[tahrir | manbasini tahrirlash]

DSM-IV-TR maʼlum bir fobiya tashxisi uchun quyidagi mezonlarni taqdim etdi:[5]

  • ob’ekt yoki vaziyatdan doimiy qoʻrquv
  • qoʻrqinchli ob’ektga taʼsir qilish darhol tashvishli javobni keltirib chiqaradi
  • kattalar bemorlar qoʻrquvning haddan tashqari, asossiz yoki mantiqsiz ekanligini tan olishadi (bu bolalarda kamda-kam holda uchraydi).
  • qoʻrqinchli ob’ektga taʼsir qilishda koʻpincha qoʻrquvga chidashga toʻgʻti keladi
  • qoʻrquv kundalik faoliyatga (ijtimoiy, oilaviy, kasbiy va boshqalar) sezilarli darajada xalaqit beradi.
  • kichik bemorlar hayotida (18 yoshgacha boʻlganlar) kamida olti oy davom etadigan alomatlarga ega
  • tashvish, vahima hurujlari yoki qochish kabi boshqa ruhiy kasallik bilan tenglashtirish mumkin emas.

"Fobiya " kitobida vahima huruji „kuchli qoʻrquvning odatiy koʻrinishlari bilan kamida bir necha daqiqa davom etadigan dahshatli holat“ deb taʼriflanadi[6]. Bu jarayon yurak urishining tezlashishi, terlash, titroq, nafas olish qiyinlishuvi, qochish istagi, hushidan ketish yoki bosh aylanishi, ogʻiz qurishi, koʻngil aynishi va boshqa bir qator alomatlarni oʻz ichiga olishi mumkin[6]. Boshqa oʻziga xos fobiyalarda boʻlgani kabi, kinofobiya bilan ogʻrigan bemorlar tirik itga duch kelganda yoki hatto itning tasviri (statik yoki filmga olingan) haqida oʻylashganda yoki it suratlari taqdim etilganda ham bu reaktsiyalarning namoyon etishlari mumkin[6]. Bundan tashqari, odatiy qochish xatti-harakatlari ham keng tarqalgan boʻlib, itlar turgan joylardan uzoqroq boʻlish (masalan, park), itdan qochish uchun koʻchani kesib oʻtish yoki uyida it boqadigan doʻstlar va oila aʼzolarining uylariga bormaslik kabilarni oʻz ichiga olishi mumkin[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mavissakalian & Barlow (1981)
  2. 2,0 2,1 Rentz et al. (2003)
  3. „Eliminating rabies in India through awareness, treatment and vaccination“. World Health Organization (2016-yil sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 11-yanvar.
  4. DSM-IV-TR (2000), p. 446.
  5. DSM-IV-TR (2000), p. 443.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 Maj et al. (2004)