Kino sanoati
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kino sanoati — filmdan nusxa koʻpaytirish, kinovideokassetalar, kino ishlash uchun asbob-uskunalar, jihozlar ishlab chiqaruvchi, kinotexnika sanoati bilan shugʻullanuvchi soha. Boshqa sanoat tarmoqlaridan farqli oʻlaroq Kino sanoatining pirovard mahsuli kino va videofilmdir. Oʻzbekistonda kinovideofilmlar ishlab chiqarish bilan "Oʻzbekfilm" va Oʻzbekiston hujjatli va ilmiy-ommaviy filmlar kinostudiyasi (SDF), Respublika "Videomarkaz" ishlab chiqarish ijodiy birlashmasi, "Dostonfilm", "Vatan", "Inson", "Imon", "Shod" studiyalari, Eksperimental yoshlar ijodiy birlashmasi, "5-studiya", "Oʻzbektelefilm" studiyasi va boshqa har xil egalik shaklida faoliyat koʻrsatayotgan studiyalar shugʻullanadi. Oʻzbekiston Kino sanoati tarkibiy qismiga "Ishonch-M" ("Oʻzbekkinodetal" zavodi) ochiq turdagi aksionerlik jamiyati, "Oʻzbekkinotaʼminot" firmasi, kinoteatrlar, joylardagi taʼmirlash-ishlab chiqarish korxonalari, "Oʻzbekkinovideoijara" korxonasi va uning joylardagi boʻlimlari kiradi. Boshqa sanoat korxonalari kabi ular ham ishlab chiqarish uchun kerak boʻlgan barcha vositalarga ega: bino, turli qurilish inshootlari, asbob-uskunalar, jihozlar, transport vositalari, energetik resurslar, aylanma mablagʻlar (xom ashyo, materiallar, pul) va boshqa
Anvar Yoqubxoʻjayev.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |