Kontent qismiga oʻtish

King devid

Vikipediya, erkin ensiklopediya

King devid — kuzgi olma navi. Oʻzbekistonga AKShdan keltirilgan (Jonatan va Arkanzas blok navlarini chatishtirib chikarilgap). R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutida navga ilmiy tavsif berilgan. Amerika va Yevropa bogʻdorchiligida kuzgi, tez hosilga kiradigan va serhosil nav sifatida keng tarqalgan. Daraxti oʻrta boʻyli, shoxshabbasi siyrakroq. Koʻchati oʻtqazilgach, kuchsiz oʻsadigan payvandtaglarda 3—4yili, kuchli payvandtaglarda 6— 7-yili hosilga kiradi. Aprel oʻrtalarida gullaydi. Mevasi oʻrtacha (90— 100 g.), chiroyli, toʻq malina-qizgʻish rangda, bilinar-bilinmas och sariq nuqtalari bor. Eti och sariq, qattiq, sersuv, nordon-shirin, xushboʻy. Mevasi kam toʻkiladi. Mevasi avgustning birinchi dekadasida teriladi, dekabrgacha mazasi buzilmay yaxshi saqlanadi. Uzoq joylarga joʻnatishga yaroqli.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil