Kinetik sanʼat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kinetik sanʼat (yun. Kinetikos -harakatga keltiruvchi) — harakatga keltiruvchi qurilmalar (shuningdek, yorugʻlik va tovush) yordamida estetik samaraga erishish. Kinetik sanʼat 20-asrning 20— 30-yillarida paydo boʻlgan. Rossiyada V. Ye. Tatlin, AKShda A. Kolder va boshqa oʻz asarlarining ayrim boʻlak va qismlariga harakat, siljish, parchalanish kabi xususiyatlarni kiritib, muhit bilan sanʼat asarining oʻzaro munosabatiga yanada taʼsirchanlik baxsh etishga intildilar.

60-yillarda Kinetik sanʼat fransuz N. Shoffer, argentinalik X. Le Park va boshqa ijodida toʻla shakllandi. Ular turli optik-akustik vositalar (mexaniq kurilmalarni uzgartirish, ularga turli shakl berish, yorugʻlantirish, sterio tovushlar chiqarish va h.k.) yordamida kompozitsiya yaratishga, 20-asr ilmiy texnika taraqqiyoti va inqilobini koʻrsatishga harakat qildilar. Bu sanʼat Oʻzbekistonda qisman bezash sanʼati (koʻrgazmali targʻibot) da, reklamalarda oʻz ifodasini topdi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil