Kineskop

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kineskop (yun. kinesis — harakat va sropeo — qarayman) — qabul qiluvchi televizion trubka — elektr signallarni yorugʻlik signallariga aylantiruvchi qurilma; televizion tasvirlarni qayta koʻrsatuvchi elektron nurli trubka. Oqqora tasvir hosil qilinadigan K. elektron projektorli shisha kolbadan iborat boʻlib, uning old devori (ekrani) oq yorugʻlik beradigan lyuminofor qatlami bilan qoplangan. Elektron oqimi (elektron nur) taʼsirida lyuminofor yorisha boshlaydi, magnit tizim bilan ogʻdiriladigan elektron nur esa tasvirni yoyib, ekranda televizion tasvir hosil qilinadi. Tasvirning yorugʻligini va kontrastligini oshirish, shuningdek, lyuminoforning manfiy ionlar oqimidan yemirilmasligi uchun kolbaning ichki sirtiga yupqa (0,5—1,0 mkm) alyuminiy parda qoplanadi. Rangli tasvir hosil qilinadigan K.da uchta elektron projektor bor, ekrani esa kizil, yashil va koʻk yorugʻlik beradigan lyuminofor bilan qoplangan (qarang Rangli televideniye). Katta (3—4 m2) ekranda televizion tasvir hosil qilish uchun ravshanligi yuqori boʻlgan proyeksion K.dan foydalaniladi. Ok,-qora tasvirli K.ning ekrani diagonali boʻyicha 3, 6, 11, 16, 23 mm (koʻtarib yuriladigan), 35, 43, 47, 59, 61, 65 va 67 mm oʻlchamda; rangli tasvirli K. 25, 40, 59 va 61 mm va h.k. oʻlcham qilib ishlab chiqariladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil