Kontent qismiga oʻtish

Kinda

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kinda qabilasi istiqomat qilgan hududlar

Kinda — arab qabilasi, Xadramavtning gʻarbida istiqomat qilgan. Milodiy V asr boshida kinda himyariy podshohlari yordamida Markaziy Arabiston qabilalarini boʻysundirgan va markazi Yamoma va Bahraynda boʻlib, Himyariylar podshohligiga qaram boʻlgan davlat barpo etgan. Kindaning eng mashhur podshohlari — sulola asoschisi Hujr ibn Amr (425-458) va uning nabirasm al-Xo-ris (489-529). Uning davrida Kinda yerlari Vizantiya va Eron chegaralarigacha yetgan. Kinda davlati 529 yil laxmiylardan magʻlubiyatga uchrab oʻzaro nizolar natijasida qudrati singan. VI asr oʻrtasida Kinda davlati Markaziy Arabistondagi mulklaridan mahrum boʻlgan. Kindaning Yamoma va Bahrayndagi hukmronligi VII asrning 30-yillarigacha saqlangan. Kindadavlati — Markaziy Arabiston hududida vujudga kelgan ilk davlat birlashmasi boʻlib, u Arab xalifaligining barpo etilishiga zamin tayyorlagan. Johiliyat davrining mashhur shoiri Imrulqays (VI asr) Kindadan chiqqan.[1]

  1. ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil