Kimyoviy termodinamika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kimyoviy termodinamika -fizik-kimyoning moddalar tarkibi, tuzilishi va hosil boʻlish sharoitlari ularning termodinamika xossalariga bogʻliqligini oʻrganadigan boʻlimi.

Kimyoviy termodinamikaning muhim yoʻnalishlaridan biri termokimyoviy va fazaviy muvozanatlar, eritmalar, jumladan, elektrolit eritmalar, elektrod jarayonlari nazariyasi, moddalar yuzasida roʻy beradigan hodisalar termodinamikasi va boshqalarni oʻrganadi. Termodinamikaning uchta asosiy qonuni mavjud. Birinchi qonuni termokimyoning asosi boʻlib, termokimyoning asosiy qonuni — Gess qonuni uning muhim davomidir. Termodinamikaning ikkinchi qonuni kimyoviy muvozanatlar xaqidagi taʼlimotdir. Kimyoviy muvozanatlarni hisoblashda termodinamikaning uchinchi qonuni va oʻnga bogʻliq boʻlgan Plank (nemis fizigi) pastuloti katta ahamiyatga ega.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil