Kimyoviy reaksiyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kimyoviy reaksiyalar - bir turdagi kimyoviy moddalarningtarkibi va xossalari jihatidan farq qiladigan ikkinchi turdagi moddalarga aylanish jarayoni. Kimyoviy reaksiyalarni kimyoviy tenglama bilan ifodalash mumkin, mas, sulfat kislotaga ruh taʼsir ettirilganda ruh sulfat va vodorod gazi hosil boʻladi: H2SO4+Zn=ZnSO4+H2T. Kimyoviy reaksiyalarda atomlar oʻzgarmaydi, bir birikmadan ikkinchisiga oʻtadi, xolos. Kimyoviy jarayonlarda toʻgʻri (qaytmas) reaksiya (mas, vodorod yodidning vodorod va yoddan hosil boʻlishi: N2+12->2N1) bilan bir qatorda, qaytar reaksiya (mas, vodorod yodidning parchalanishi:2HI<=>H2+I2) ham sodir boʻladi. Kimyoviy reaksiyalardaishtirok etadigan elementlarning oksidlanish darajadari (valentliklari) oʻzgarsa, bunday reaksiyalar oksidlanish-kaytarilish reaksiyalari deyiladi. Kimyoviy reaksiyalarda molekulalar, atomlar va ionlar ishtirok etishi mumkin. Shunga koʻra, reaksiyalar uchga boʻlinadi: oddiy, ionli va radikal reaksiyalar.

Oddiy reaksiyalarda molekulalar oʻzaro reaksiyaga kirishadi, mas, N2+S12=2NS1. Ionli reaksiyalar ionlar ishtirokida boradi, mas, N++ON~ =N2O. Radikal reaksiyalarda oraliq mahsulot sifatida albatta erkin radikal hosil boʻladi. Radikal reaksiyalar, odatda, zanjir tarzida boradi (k,. Zanjir reaksiyalar). Toʻgʻri va teskari reaksiyalar tezligi teng boʻlganda sistemada kimyoviy muvozanat karor topadi (q. Kimyoviy termodinamika).

Murakkab reaksiyalar, parallel reaksiyalar, ekzotermik reaksiyalar, endotermik reaksiyalar, qattiq fazali reaksiyalar ham mavjud.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil