Kimyoviy muvozanat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kimyoviy muvozanat - toʻgʻri va teskari reaksiyalar tezligi tenglashgan holat. Mac, N2+3H2 p±2NH3 reaksiyasida azotning vodorod bilan birikish (toʻgʻri reaksiya) tezligi ammiakning azot va vodorodga parchalanish (teskari reaksiya) tezligiga teng . K.m. sodir boʻlganda reaksiya goʻyoki toʻxtab qolgandek koʻrinadi, aslida ikkala reaksiya ham davom etadi, biroq bu reaksiyalarning biri ikkinchisining natijasini yoʻqqa chiqaradi. Mohiyatiga koʻra, K.m. dinamik muvozanatdir. Oʻzgarmas muhit (kislotali yoki asosli) va sharoitda (t-ra, bosim) reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentratsiyasining oʻzgarmasligi K.m.ning muhim belgisidir. K.m.ni oʻrganish nazariy tadqiqotlar va turli amaliy masalalarni hal qilishda katta ahamiyatga ega.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil