Kontent qismiga oʻtish

Kimyogarlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

KimyogarlarSamarqand viloyatidagi shaharcha (1952-yildan). Samarqand shahar hokimiyatiga boʻysunadi. Transport yoʻli stansiyasi (Superfosfat). Samarqand shahrigacha 12 km. Aholisi 15 ming kishidan ziyod (2005). Kimyogarlar shaharchasida kimyo, keramzit, asfalt zavodlari, sanoat bugʻilash korxonasi, tamaki fermentatsiyalash hamda sabzavot mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan "Samarqand—Aleks" Oʻzbekiston — Rossiya qoʻshma korxonasi mavjud. Shuningdek, gemir-beton konstruksiyalari ishlab chiqarish korxonasi, gaz taʼminoti avtokorxonasi, avtomobil taʼmirlash ustaxonalari faoliyat koʻrsatadi. Savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, bozor bor. 2 ta umumiy taʼlim, internat maktabi, bolalar musiqa maktabi, Bogʻishamol kasb-hunar maktabi, respublika harbiy litseyi mavjud. Kutubxona, "Kimyogarlar saroyi", madaniyat uyi, stadion, sport zali bor. Kasalxona poliklinikalardan tashkil topgan shahar tibbiyot birlashmasi, viloyat ruhiy kasalliklar markazi aholiga xizmat koʻrsatadi.