Kimyogarlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kimyogarlar — Samarqand viloyatidagi shaharcha (1952 yildan). Samarqand shahar hokimiyatiga boʻysunadi. Transport yoʻli stansiyasi (Superfosfat). Samarqand shahrigacha 12 km. Aholisi 15 mimg kishidan ziyod (2005). K.da kimyo, keramzit, asfalt zavodlari, sanoat burgʻilash korxonasi, tamaki fermentatsiyalash hamda sabzavot mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan "Samarqand—Aleks" Oʻzbekiston — Rossiya qoʻshma korxonasi mavjud. Shuningdek, gemir-beton konstruksi-yalari ishlab chiqarish korxonasi, gaz taʼminoti avtokorxonasi, avtomobil taʼmirlash ustaxonalari faoliyat koʻrsatadi. Sav-do, madaniy va maishiy xizmat koʻrsa-tish shoxobchalari, bozor bor. 2 umumiy taʼlim, internat maktabi, bolalar musiqa maktabi, Bogʻishamol kasb-hunar maktabi, respublika qarbiy litseyi mavjud. Kutubxona, "Kimyogarlar saroyi", madaniyat uyi, stadion, sport zali bor. Kasalxona-poliklini-kalardan tashkil topgan shahar tibbiyot birlashmasi, viloyat ruhiy kasalliklar markazi aholiga xizmat koʻrsatadi.