Kimmeriy burmalanishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kimmeriy burmalanishi (Qora dengiz sohillarida yashagan kimmeriy qabilasi nomidan) — mezozoy erasining burmalanish, togʻ hosil boʻlish, granitoidli intruziv magmatizm kabi tektonik jarayonlar namoyon boʻlishining asosiy davri.

Kimmeriy burmalanishining 2 fazasi farqlanadi: trias davri oxiri — yura davri boshlarida sodir boʻlgan erta kimmeriy (qad. kimmeriy) va yura davri oxiri boʻr davri boshlaridagi kechki kimmeriy (yangi kimmeriy) davrlari.

Birinchisi Krim, Shim. Dobruj, Taymir, Shim. Afgʻoniston, Jan.-Sharqiy Osiyo, Patagoniya And togʻlari, Shim.Sharqiy Argentina, Afrikaning chekka jan.da, ikkinchisi — Verxoyan-Chukotka tabiiy oblasti (Kolima burmalanishi), Shim. Amerikaning Gʻarbiy Kordilyerasi (Nevada burmalanishi), Jan. Amerikada (And burmalanishi) hamda Markaziy va Jan.-Sharqiy Pomir, Qoraqurum, Markaziy Eron, Kavkaz va boshqa hududlarda. Kavkazda asosiy Kimmeriy burmalanishi zonasi farq qilinadi va shu asosda bu yerda oʻziga xos metallogeniyasiga va rivojlanish xususiyatiga ega boʻlgan mustaqil tektogʻenez sikli ajratilgan. Ammo, koʻpchilik tektonistlar uni alp tektogenezi tarkibiga kiritadilar. Kimmeriy burmalanishi Yer rivojlanishi tarixida muhim rol oʻynagan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil