Kimchxek
Kimchxek, Kimchak (1951-yilgacha Sonjin) — KXDR ning shim.-sharqiy qismidagi shahar, Yapon dengizi sohilida. Aholisi 180 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Kimchxekxan (Sonjinxan) buxtasidagi port. Qora metallurgiyaning yirik markazi. Kema verfi bor. Baliq ovlanadi. K. yaqinidan magnezit va grafit olinadi. Koreyaning siyosiy va harbiy arbobi Kim Chxek nomi bilan atalgan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |