Kim Possible

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Kim Possible
Kim-Possible-logo.png
Janri
Muallif(lar)
  • Bob Schooley
  • Mark McCorkle
Ovoz berganlar
  • Christy Carlson Romano
  • Will Friedle
  • Nancy Cartwright
  • Tahj Mowry
  • John DiMaggio
  • Nicole Sullivan
  • Gary Cole
  • Jean Smart
  • Shaun Fleming (2002–06)
  • Spencer Fox (2007)
  • Kirsten Storms
  • Raven-Symoné
  • Patrick Warburton
  • Tom Kane
  • Brian George
  • Néstor Carbonell
  • Ricardo Montalban
  • Earl Boen
  • Patton Oswalt
Qismlar boshidagi musiqa Call Me, Beep Me
—Christina Milian
Qismlar oxiridagi musiqa Call Me, Beep Me
Bastakor(lar) Adam Berry
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til(lar) inglizcha
Mavsumlar soni 4
Qismlar soni 87 (92 ta segment) (Qismlar roʻyxati)
Qism davomiyligi 22 daqiqa
Ishlab chiqaruvchi kompaniya(lar) Disney Television Animation
Efirga uzatilishi
Telekanal Disney Channel
Premyera sanasi 7-iyun, 2002-yil(2002-06-07) — 7-sentabr, 2007-yil(2007-09-07)

Kim Possible (talaffuzi: Kim Possibl) Bob Schooley va Mark McCorkle tarafidan yaratilgan jangari, komediya va sarguzasht janrlaridagi Amerika animatsion teleserialidir.[1][2][3][4] 2002-yildan 2007-yilga qadar Disney Channel telekanali orqali efirga uzatilgan. Multserial oʻsmirlik davri bilan bogʻliq kundalik muammolarni uddasidan chiqib, doimiy tarzda jinoyatchilikka qarshi kurashadigan bir oʻsmir qiz haqida hikoya qiladi. Kimga bu kurashda besoʻnaqay doʻsti Ron Stoppable, Rufus ismli koʻrsichqon va oʻn yoshli kompyuter dahosi Wade koʻmaklashadi. Oʻzlariga Possible deb nom qoʻygan bu jamoada Kim va Ronning vazifasi birinchi navbatda aqldan ozgan olim va superyovuz — doktor Drakken va uning yordamchisi Shego tuzgan yovuzlikka xizmat qiluvchi rejalarni barbod qilishdan iboratdir.

Qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kimberly Ann „Kim“ Possible (talaffuzi: Kimberli Enn Kim Possibl) — dunyoni turli balo-uqibatlardan qutqaruvchi qiz. U juda epchil, turli akrobatik harakatlarni osonlik bilan qila oladi, qurollarga ega, jang sanʼatidan xabardor.[5] Shu bilan bir qatorda, u maktabda tahsil oladi.[6][7]
  • Ronald „Ron“ Stoppable (talaffuzi: Ronald Ron Stoppeybl) — Kimning eng yaqin doʻsti.[8] Mehribon, ammo juda ovsar. U doimo Kimga yordam zarurati boʻlganida unga koʻmak beradi, biroq u odatda uni chaqqonligi uchun emas, balki omad tufayli qutqaradi. Baʼzi jang sanʼatlarini yaxshi biladi.[9]
  • Rufus — Ronning choʻntagida istiqomat qiluvchi koʻrsichqon.[10] U odatda boshini choʻntakdan tashqariga chiqarmaydi, biroq doʻstlar muammoga duch kelganda, Rufus doimo yordamga tayyor boʻladi. Uning asosiy afzalliklari chaqqonligi va maxfiyligidir.
  • Wade Load (talaffuzi: Ueyd Load) — oʻn yoshli kompyuter dahosi boʻlib, Kim va Ronni barcha zarur texnologiyalar bilan taʼminlaydi. Odatda, u faqat Kim doimo oʻzi bilan olib yuradigan qurilma ekranida koʻrinish beradi, shuningdek, yovuzlar bilan kurashda, ularning joylashgan manzili koordinatalarini kuzatib boradi, doʻstlariga zarur maʼlumotlarni olishda yordam beradi. IQ darajasi 140ʼdir (25-qism, 2-fasl).
  • Doktor Drakken — aqldan ozgan olim, Kimning asosiy dushmani. U dunyoni egallashiga yordam beradigan turli texnologiyalarni oʻylab topish bilan mashgʻul boʻladi.[11]
  • Shego (talaffuzi: Shigo) — qoʻlidan yashil tusdagi portlaydigan yorugʻlik chiqadigan super qobiliyatli qiz hamda doktor Drakkenning yordamchisi. Shego bunday qobiliyatga uning ustiga tushgan sirli kamalakli kometa ortidan erishdi.

Ovoz berganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Christy Carlson Romano — Kim Possible
  • Will Friedle — Ron Stoppable
  • Nancy Cartwright — Rufus
  • Tahj Mowry — Wade Load[12]
  • John DiMaggio — Dr. Drakken
  • Nicole Sullivan — Shego
  • Gary Cole — Dr. James Timothy Possible
  • Jean Smart — Dr. Ann Possible
  • Shaun Fleming — Tim va Jim Possible (2002-2006)
  • Spencer Fox — Tim va Jim Possible (2007)
  • Kirsten Storms — Bonnie Rockwaller
  • Raven-Symoné — Monique
  • Patrick Warburton — Steve Barkin
  • Tom Kane — Lord Monkey Fist
  • Brian George — Duff Killigan va Professor Ramesh
  • Néstor Carbonell — Señor Senior Jr.
  • Patton Oswalt — Professor Dementor

Fasllar[tahrir | manbasini tahrirlash]

FaslQismlarEfirga uzatish tarixi
Birinchi qismOxirgi qism
1217-iyun, 2002-yil(2002-06-07)16-may, 2003-yil(2003-05-16)
23018-iyul, 2003-yil(2003-07-18)5-avgust, 2004-yil(2004-08-05)
31425-sentabr, 2004-yil(2004-09-25)10-iyun, 2006-yil(2006-06-10)
42210-fevral, 2007-yil(2007-02-10)7-sentabr, 2007-yil(2007-09-07)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Heldenfels, Akron. „Kim Possible is back“. Akron Beacon Journal (4-fevral 2007-yil). 6-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.
  2. Perlmutter, David. America Toons In: A History of Television Animation. United States: McFarland, 2014 — 354 bet. ISBN 9780786476503. 
  3. Marx, Christy. Writing for Animation, Comics, and Games. United States: CRC Press, 2012 — 6 bet. ISBN 9781136144462. 
  4. Gillies, Judith S. „'Kim Possible' Leads Summer's Fresh Fare“. The Washington Post (16-iyun 2002-yil). 6-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.
  5. McLoone, Tracy „Kim Possible“. PopMatters (10-iyun 2002-yil). 22-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-noyabr 2016-yil.
  6. Pierce, Scott D. „Scott Pierce: Everything is 'Kim Possible'“. Deseret News (6-iyun 2002-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-noyabr 2016-yil. Arxivlandi 2016-03-04 Wayback Machine saytida.
  7. Leet, Montana „Review: Kim Possible (TV, 2002 – 2007)“. Picture This! Reviews (20-fevral 2013-yil). 15-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-dekabr 2016-yil. Arxivlandi 2016-04-15 Wayback Machine saytida.
  8. „Watch Kim Possible“. Yidio. 18-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-dekabr 2016-yil.
  9. Lee, Michael J „Will Friedle“. RadioFree.com (25-avgust 2004-yil). Qaraldi: 29-noyabr 2016-yil.
  10. McDaniel, Mike. „When Kim Possible battles evil, Romano speaks up“. Houston Chronicle (10-iyun 2002-yil). 14-iyun 2002-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.
  11. Nitsuj „Disneytoon-cember Part 27: Kim Possible“. Channel Awesome (28-dekabr 2015-yil). 2-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-dekabr 2016-yil.
  12. Terrace, Vincent. Encyclopedia of Television Shows, 1925 through 2010, 2nd, United States: McFarland, 2008 — 564 bet. ISBN 9780786486410. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]