Kigiz bosish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kigiz bosish — jun tolalaridan kigiz (namat) buyumlar tayyorlash. K. b.da jun tolalarining tuzilish xususiyatlari (dagʻal-mayinligiga, fizik-mexaniq xususiyatlari: plastikligi, elastikligi, choʻziluvchanligi, kirishuvchanligi va b.) ga ahamiyat beriladi. Ilgari K. b., asosan, qoʻlda bajarilgan (qarang Kigizchilik). Sanoatda K.b.da jun maxsus mashinalarda titilib, yumshatiladi, oʻnga maxsus suyuqlik (moy) sepiladi va mashinada aralash-tiriladi. Aralashma tarash mashinasidan oʻtkazilib, momiqolinadi. Momiq tekis qilib toʻshaladi, zichlash mashinasida zichlanadi, oʻnga sulfat k-ta eritmasi shimdiriladi, maxsus mashinada kerakli oʻlcham va zichlikkacha ishlanadi. Bu jarayon bir necha bosqichda bajariladi. Buyum mas, kigiz choʻzish mashinasida choʻzib, chetlari toʻgʻrilab turiladi, soʻngra bugʻli quritkichlarda quritiladi. Oxirida pardozlash mashinasidan oʻtkazilib, ortiqcha tuklari qirqib tashlanadi, presslanadi, ohorlanadi va silliqlanadi. K. b. usulida kigiz (namat), palos, piyma, patak va b. maqsulotlar tayyorlanadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil