Kieran Lee

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kieran Lee
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kieran Christopher Lee[1]
Tavallud sanasi 22-iyun 1988-yil (1988-06-22) (35 yosh)
Tavallud joyi Stalybridge, Angliya
Boʻyi 1.85 m
Ampluasi markaziy yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bolton Wanderers
Raqami 20
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2006 Manchester United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2008 Manchester United 1 (1)
2008Queens Park Rangers (ijara) 7 (0)
2008—2012 Oldham Athletic 117 (5)
2012—2020 Sheffield Wednesday 196 (20)
2021 Bolton Wanderers 54 (9)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 26-oktyabr uchun)

Kieran Christopher Lee (talaffuzi: Kiran Kristofer Li) (1988-yilda 22-iyun tugʻilgan) — angliyalik futbolchi. Kieran Lee „Bolton Wanderers“ futbol klubida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi[2]. Kieran Lee futbolchilik faoliyatini „Manchester United“ futbol klubida boshlagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manchester United[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatining boshida markaziy yarim himoyachi boʻlgan Kieran Lee „Manchester United“ futbol klubi safida chap va oʻng qanot himoyachisi sifatida koʻproq mavsum oʻtkazgan. 2004-yilning iyul oyida Kieran Lee „Manchester United“ futbol klubi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi. Kieran Lee 2004—2005-yillarda klub safida 25 marta, 2005—2006-yillarda esa 23 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Bu oʻyinlaridan soʻng, klub Kieran Lee bilan ikki yillik professional shartnoma imzoladi.

2007-yil 28-dekabrda Kieran Lee 2008-yil 2-yanvardan boshlab „Queens Park Rangers“ futbol lubi safiga ijaraga oʻtishi eʼlon qilindi. Shundan soʻng Kieran Lee 5-yanvar kuni Angliya kubogi doirasida „Chelsea“ futbol klubiga qarshi „QPR“ futbol klubi tarkibida oʻynash huquqiga ega boʻladi[3].

Oldham Athletic[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kieran Lee „QPR“ futbol klubi safida toʻrt oy davomida yettita oʻyin oʻtkazdi. Shundan soʻng, Kieran Lee „Oldham Athletic“ futbol klubi bilan 2008-yil yozida shartnoma imzoladi. Bu shartnoma 2008-yilning 1-iyulidan boshlab kuchga kirgan va uning muddati ikki yil etib belgilangan edi[4].

Kieran Lee „Oldham Athletic“ futbol klubi safida toʻrt marta „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ nomiga sazovor boʻldi[5].

Sheffield Wednesday[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil 28-may kuni Kieran Lee „Oldham Athletic“ futbol klubining yangi shartnomasini rad etganidan soʻng, „Sheffield Wenesday“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[6].

2019-yil iyul oyida Kieran Lee „Sheffield Wednesday“ futbol klubi bilan yangi bir yillik shartnoma imzoladi[7].

2020-yil 24-iyun kuni Kieran Lee koronavirus tufayli kechiktirilgan 2019—2020-yilgi mavsumning qolgan qismini qoplash uchun bir oylik uzaytirilgan shartnomani imzoladi[8].

Bolton Wanderers[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 8-yanvarda Kieran Lee Bolton universitetining stadionida bir necha hafta mashgʻulotlarni oʻtkazgandan soʻng, „Bolton Wanderers“ futbol klubi bilan 18 oylik shartnoma imzoladi[9]. Kieran Lee 2021-yilning 13-yanvarida „Exeter City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda klub safidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi[10]. Kieran Lee klub safidagi ilk golini 20-mart kuni „Walsall“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:1) kiritdi. 2021-yil 5-noyabrda Kieran Lee klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Bu shartnoma asosida Kieran Lee klub safida 2023-yilgacha qoladigan boʻldi[11].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Manchester United 2006—2007[12] Angliya Premer-ligasi 1 0 0 0 2 1 0 0 3 1
2007—2008[13] Angliya Premer-ligasi 0 0 - 0 0 0 0 0 0
Jami 1 0 0 0 2 1 0 0 3 1
Queens Park Rangers (ijara) 2007—2008[13] Angliya chempionati 7 0 1 0 - - 8 0
Oldham Athletic 2008—2009[14] Angliya Birinchi ligasi 7 0 1 0 1 0 1 0 10 0
2009—2010[15] Angliya Birinchi ligasi 24 1 1 0 0 0 1 0 26 1
2010—2011[16] Angliya Birinchi ligasi 43 2 0 0 1 0 1 0 45 2
2011—2012[17] Angliya Birinchi ligasi 43 2 4 0 1 0 5 0 53 2
Jami 117 5 6 0 3 0 8 0 134 5
Sheffield Wednesday 2012—2013[18] Angliya chempionati 23 0 2 0 1 0 - 26 0
2013—2014[19] Angliya chempionati 26 1 3 0 0 0 - 29 1
2014—2015[20] Angliya chempionati 33 6 1 0 0 0 - 34 6
2015—2016[21] Angliya chempionati 43 5 2 0 4 1 3 1 52 7
2016—2017[22] Angliya chempionati 26 5 0 0 0 0 2 0 28 5
2017—2018[23] Angliya chempionati 15 3 0 0 0 0 - 15 3
2018—2019[23] Angliya chempionati 2 0 0 0 0 0 - 2 0
2019—2020[23] Angliya chempionati 28 0 2 0 0 0 - 30 0
Jami 196 20 10 0 5 1 5 1 216 22
Bolton Wanderers 2020—2021[24] Angliya Ikkinchi ligasi 20 2 - - - 20 2
2021—2022[25] Angliya Birinchi ligasi 25 5 2 0 2 0 1 1 30 6
2022—2023 9 2 0 0 2 0 1 0 12 2
Jami 54 9 2 0 4 0 2 1 60 10
Umumiy 375 35 19 0 14 2 15 2 423 39

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. The PFA Footballers' Who's Who 2009–10. Mainstream Publishing, 2009. ISBN 978-1-84596-474-0. 
  2. „Lee makes Wanderers move“.
  3. „QPR swoop for Man Utd starlet Lee“. BBC Sport (28-dekabr 2007-yil). Qaraldi: 31-dekabr 2007-yil.
  4. „Oldham swoop for Fleming and Lee“. BBC Sport (22-may 2008-yil). Qaraldi: 11-aprel 2009-yil.
  5. http://www.oldhamathletic.co.uk/page/NewsUpdate/0,,10337~2756327,00.html
  6. „Sheffield Wednesday bring in full-back Lee“. BBC Sport. British Broadcasting Corporation (28-may 2012-yil). Qaraldi: 14-sentabr 2012-yil.
  7. „Kieran Lee: Sheffield Wednesday midfielder signs new one-year contract“. BBC Sport (26-iyul 2019-yil).
  8. „Owls 2019/20 player update“. Sheffield Wednesday F.C. (24-iyun 2020-yil). Qaraldi: 24-iyun 2020-yil.
  9. „Lee makes Wanderers move“. Bolton Wanderers FC (8-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 8-yanvar 2021-yil.
  10. BBC Sport: „Exeter City 1-1 Bolton Wanderers“
  11. BWFC: „New Deals For Key Quartet“
  12. „Games played by Kieran Lee in 2006/2007“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 5-noyabr 2017-yil.
  13. 13,0 13,1 „Games played by Kieran Lee in 2007/2008“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 5-noyabr 2017-yil.
  14. „Games played by Kieran Lee in 2008/2009“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 5-noyabr 2017-yil.
  15. „Games played by Kieran Lee in 2009/2010“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 5-noyabr 2017-yil.
  16. „Games played by Kieran Lee in 2010/2011“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 5-noyabr 2017-yil.
  17. „Games played by Kieran Lee in 2011/2012“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 5-noyabr 2017-yil.
  18. „Games played by Kieran Lee in 2012/2013“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 5-noyabr 2017-yil.
  19. „Games played by Kieran Lee in 2013/2014“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 5-noyabr 2017-yil.
  20. „Games played by Kieran Lee in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 5-noyabr 2017-yil.
  21. „Games played by Kieran Lee in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 5-noyabr 2017-yil.
  22. „Games played by Kieran Lee in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 5-noyabr 2017-yil.
  23. 23,0 23,1 23,2 „Games played by Kieran Lee in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 5-noyabr 2017-yil.
  24. „Games played by Kieran Lee in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 5-noyabr 2017-yil.
  25. „Games played by Kieran Lee in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 3-iyul 2021-yil.