Kidikeyeva Baken

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kidikeyeva Baken (1923.20.10, Qirgʻiziston viloyati, Qangʻ tumani — 1994.31.12, Beshkek sh.) — Qirgʻiziston xalq artisti (1956). Faoliyatini Qirgʻiz Yosh tomoshabinlar teatrida boshlagan (1936), keyinchalik Prjevalsk va Norin viloyat teatrlari (1941—44)da ishlagan. 1944 y.dan Qirgʻiz drama teatrining yetakchi aktrisasi. Eng yaxshi rollari: Bermet ("Sarinji"), Guloyim ("Kokul"), Anna ("Anna Karenina"), Maston ("Boʻlat va Tinar), Dezdemona ("Otello") va b. Gʻoyani yangi badiiy obrazda ifodalash mahorati, oʻtkir sahnaviy chizgilar, ijtimoiy va psixologik talqin K. ijodiga xos boʻlib, harakterli rollar ustasi sifatida tanilgan. Kinodagi faoliyati 1955 y.dan boshlangan ("Saltanat" filmidagi bosh rol). Keyinchalik "Momo yer" (Toʻlgʻanoy), "13-nabira" (Bermet Shokirovna) kabi filmlarda suratga tushgan. K. koʻpgina oʻzbek filmlarida ham rang-barang obrazlar yaratdi: Xadicha Aminovna ("Inqilob chavandozlari"), Hojixon ("Uchrashuv va ayriliq"), Ona ("Ringga chaqiriladi"), Buvi ("Nabiramiz militsiyada ishlaydi") va b.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil