Kichik sayyoralar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kichik sayyoralar - Quyosh sistemasining diametri 1 dan 1000 km gacha boʻlgan jismlari. Barcha Kichik sayyoralarning massalari yigʻindisi Yer massasining 1/700 boʻlagidan kichik. Koʻpchilik Kichik sayyoralarning orbitalari Mars va Yupiter orbitalari (yaʼni asteroidlar mintaqasi) orasida joylashgan. Eng mashhur Kichik sayyoralar Serera (№1), Pallada (№2), Vesta (№3), Yunona (№4), Eros, Amur, Gidalgo, Ikar (yana qarang Asteroidlar).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil