Kibr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kibr, kibr-havo, manmanlik, dimogʻdorlik — oʻz shaxsiyatiga, qobiliyatiga ortiqcha baho berish, oʻzini boshqalardan yuqori qoʻyish, kalondimogʻlik oqibatida namoyon boʻladigan salbiy axloqiy sifat. Bu sifat kishilarni mensimaslik, ularga past nazar bilan qarash, oʻrinsiz gʻururga berilish, oʻzining arzimas yutuqlarini boʻrttirib koʻrsatish va b.da koʻrinadi. K.li kishi oʻz aybi, nuqsonlaridan koʻz yumadi, manmansiraydi. Manman kishi oʻzgalarning nasihatini yoqtirmaydi, zalolat botqogʻiga botadi. K. — kishilarning kamchiligi, nuqsonidir. K. odamlar oʻrtasida birdamlik, ahillik va muhabbatni yoʻq qiladi, adovat uygʻotadi. K. odobsizlik belgisi boʻlib, u doimo qoralangan. Qurʼonda kibru havoli kishilarning joyi jahannam ekanligi (Zumar surasi, 60-oyat) taʼkidlangan. Hadisda ay-tilishicha, dimogʻdor odam axli doʻzaxdir.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil