Keyp-york

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Keyp-york — Avstraliyaning shim.-sharqiy qismidagi yarim orol. Marjon dengizi bilan Karpentariya qoʻltigʻi oraligʻida. Uz. 600 km dan ziyod. Mayd. 300 ming km2. Gʻarbiy qismi pasttekislik, sharqi yassitogʻlik (bal. 555 m gacha). Iqlimi subekvatorial. Evkalipt oʻrmonlari, gʻarbiy sohillarida mangra oʻrmonlari, sharqida doim yashil sernam tropik oʻrmonlar bor. Boksitning katta konlari topilgan, oltin, qoʻrgʻoshin qazib olinadi. Milliy parklar bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil