Kevin Miralles

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kevin Mirallas
Mirallas Olympiacos safida 2012-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kevin Antonio Joel Gislain Mirallas y Castillo[1]
Tavallud sanasi 5-oktyabr 1987-yil (1987-10-05) (36 yosh)
Tavallud joyi Liège, Belgiya
Boʻyi 1.82 m[2]
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004-2008 Lille 76 (10)
2008-2010 Sent-etyen 53 (3)
20010-20012 Olympiacos 52 (34)
2012-2019 Everton 151 (29)
2018 Olympiacos (Ijara asosida) 13
2018-2019 Fiorentina 27 (2)
2019-2020 Royal Antwerp 18 (2)
2020-2021 Gaziantep 28 (5)
2022 Moreirense 8 (1)
2022-2023 AEL Limassol 21 (4)
Milliy terma jamoa
2003 Belgiya U16 10 (8)
2003-2004 Belgiya U17 13 (7)
2007-2018 Belgiya 60 (10)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Kevin Antonio Joel Gislain Mirallas y Castillo (ispancha: ˈkeβim miˈɾaʎas); 1987-yil 5-Oktabrda tugʻilgan Belgiyalik futbolchi. Maydonda chap qanot hujumchisi sifatida harakatlanadi. Everton va Belgiya terma jamoa safidagi oʻyinlari bilan mashhurlikga erishgan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kevin Mirallas Standart klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, lekin oʻzining ilk proffesional uchrashuvini Lille klubida oʻtkazadi. Ushbu klub safida 2004-yildan 2008-yilgacha ishtirok etgan. Bu vaqt mobaynida 95 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 marotaba raqib darvozasini ishgʻol etishga muvaffaq boʻlgan.

2008-yildan boshlab futbolchi boshqa bir frantsuz klubi sharafini himoya qilishni boshlaydi. Kevin Sent-etyen bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaydi[3]. 2 yildan soʻng ijara asosida Gretsiyaning Olympiacos klubiga koʻchib oʻtadi[4]. Ushbu davr ichida Kevin 69 ta oʻyinda 5 marotaba gol urishga erishadi.

2010-yilning 15-iyulida Grek klubida oʻzining debyut oʻyinini oʻtkazadi. Ushbu uchrashuvda klub UEFA Yevropa Ligasi doirasida Besa klubini 5:0 hisobida magʻlub etadi. Mirallas oʻzining birinchi golini 2-oktabr 2010-yili Volos klubiga qarshi kiritadi. Debyut mavsumida 14 ta gol kiritib toʻpurarlar roʻyxatida faqatgina Djibril Cissé dan ortda qoladi. Shuningdek u Gretsiya chempioniga aylanadi. 2011-2012-yilgi mavsumda 20 ta gol kiritgan holda Gretsiya chempionatining eng yaxshi toʻpurariga aylanadi, hamda Gretsiya chempionligini va Chempionat kubogi kabi sovrinlarni qoʻlga kiritadi. Mavsum yakuniga koʻra Kevin chempionatning eng ayxshi oʻyinchi unvoniga sazovor boʻladi[5].

2012-yil 19-avgust kuni Everton klubi Kevin bilan toʻrt yillik shartnoma tuzganini eʼlon qildi[6]. 25-Avgust kuni Aston Villaga qarshi oʻyinda Kevin yangi klubidagi debyutini oʻtkazadi. 22-Sentabrdagi Swansea Cityga qarshi oʻyinda u ilk golini uradi.

2014-2015 mavsumdan boshlab u kam maydonga tushishni boshlaydi. Shunga qaramasdan 7 ta gol urishga muvaffaq boʻladi. 2015-yilning yozida klub bilan shartnomani 2019-yilgacha uzaytiradi.

2017-2018 mavsumning qishki transferlar oynasida futbolchi Olympiacos klubiga ijara asosida qaytadi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Premier League clubs publish 2018/19 retained lists“. Premier League (2019-yil 7-iyun). Qaraldi: 2021-yil 9-aprel.
  2. „Everton Football Club Profile“. web page. Everton F.C. (2014). 2014-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-noyabr.
  3. „Форвард «Лилля» и сборной Бельгии перешел в «Сент-Этьен»“ (ru). Sports.ru (2008-yil 1-sentyabr). 2012-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-avgust.
  4. „Mirallas joins Olympiakos on loan“. Официальный сайт ФИФА (2010-yil 18-iyun). 2012-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-avgust.
  5. „Лучшим игроком чемпионата Греции назван Миральяс, лучшим тренером — Вальверде“ (ru). Чемпионат.com (2012-yil 5-may). 2012-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-avgust.
  6. „«Эвертон» объявил о подписании форварда «Олимпиакоса» Миральяса“ (ru). Sports.ru (2012-yil 19-avgust). 2012-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-avgust.
  7. „Кевин Миральяс вернулся в «Олимпиакос»“. 2018-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-yanvar.