Kevin McHale

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kevin McHale

Kevin Edward McHale (1957-yil 19-dekabrda Minnesota shtatining Hibbing shahrida tugʻilgan) — kelib chiqishi xorvat-irlandiyalik boʻlgan[1] amerikalik professional basketbolchi, Milliy Basketbol Assotsiatsiyasining Boston Seltiks jamoasida oʻn uch mavsum oʻynagan va murabbiylik qilgan. Sportchilik faoliyatini yakunlagandan soʻng McHale „Minnesota Timberwolves“ning bosh menejeri, keyinroq esa klub bosh murabbiyi boʻlib ishladi. 2009-yil iyun oyida u oʻz lavozimidan boʻshatildi va NBA TV va Turner Sports telekanallarida tahlilchi boʻlib ishladi. 2011-yildan 2015-yil noyabrigacha „Houston Rockets“ jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan. NBA tarixidagi 50 ta eng zoʻr oʻyinchilardan biri. Basketbol shon-sharaf zali aʼzosi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kevin Edward McHale Minnesota shtatining Xibing shahrida Pol Ostin McHale va Jozefin Patrisiya Starcevich oilasida tugʻilgan[2] Xibing oʻrta maktabida Kevin eng yaxshi basketbolchilardan biri boʻlib, „Janob Minnesota basketboli“ (1976) faxriy unvonini oldi va oʻz jamoasini shtat chempionatida ikkinchi oʻringa olib chiqdi. Keyinchalik u maktab shon-shuhrat zaliga kiritilgan (1997)[3]

Minnesota universiteti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xibing oʻrta maktabini tugatgandan soʻng, Kevin Minnesota universitetiga oʻqishga kirdi va u yerda 4 yillik oʻqishni (1976-1980) tamomladi. Universitetning Minnesota Golden Gophers jamoasida forvard sifatida oʻynagan Kevin talabalik faoliyati davomida oʻrtacha 15,2 ochko va 8,5 toʻpni egallash toʻplagan. U 1979 va 1980-yillarda ikki marta All-Big Tenning barcha vaqtlardagi talabalar jamoasiga kiritilgan va hali ham universitet tarixida ochkolar boʻyicha (1,704) beshinchi va toʻpni egallash boʻyicha (950) ikkinchi oʻrinni egallab turibdi[4]. 1995-yilda Minnesota universitetining 100 yilligini nishonlash paytida u ushbu universitet tarixidagi eng yaxshi oʻyinchi sifatida tan olingan[5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Achievements of Pacific northwest croatian-american athletes“ (en). croatiafest.org. 2012-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
  2. „Kevin Edward McHale“ (en). Ancestry.com. 2012-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-iyul.
  3. „Hibbing High School Athletic Hall of Fame“ (en). Hibbing Public School.
  4. „Minnesota Basketball Career Records“ (deadlink). University of Minnesota Official Athletic Site. 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-avgust.
  5. „Kevin McHale Named Rockets Head Coach“. NBA (2011-yil 1-iyun). 2013-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-avgust.